1

Farzandingizning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmaslik ma`qulligining 7 jiddiy sababi

SUG'DIYONA 03.10.2016, 12:26
Teglar: Foto, Farzand, Ota-ona, Bola
Farzandingizning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmaslik ma`qulligining  7 jiddiy sababi

Ba`zi ota-onalar farzandining chiroyliligini, aqlliligini ko`z-ko`z qilish uchun ularning suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishni yoqtirishadi. Ammo ular aynan ijtimoiy tarmoqda farzandldariga xavf tug`diruvchi odamlar mavjudigi haqida o`ylab ko`rishmaydi, deb xabar beradi “Adme.ru” nashri.

Bu bilan farzandlaringizni yashirishga harakat qiling, degan fikrdan yiroqmiz. Ammo hamma narsada me`yor bo`lgani yaxshi. Quyida bunday xatardan bolangizni asrashning 7 jiddiy sababi bilan tanishtiramiz. 

Suratlarga geolokasiya qo`ymang

Farzandingiz asosiy vaqtini o`tkazadigan — maktab, sport zal, to`garak nomini, joyini oshkor etmang. Yomon odamlar bundan o`z maqsadlari yo`lida foydalanishlari mumkin.

Bolaning qiziqishlari aks etgan suratlarni joylashtirmang

Bolangizning nimaga qiziqishini bilgan odam uni osongina, duch kelgan joyda, har qanday vaziyatda bundan unumli foydalangan holda aldashi mumkin.

Bola haqida rasmiy ma`lumotlar mavjud bo`lgan barcha suratlarni olib tashlang

Bu sizga g`alati tuyulishi mumkin. Biroq shunday odamlar borki, ular ijtimoiy tarmoqda bolasiga olgan vizasi, pasporti va boshqa hujjatlari bilan maqtanib, ularning suratlarini joylashtirishadi. Hujjatda bolaning ismi-sharifi, u haqdagi ma`lumotlar aniq ko`rsatilgani bois, uning qaerda yashashi va qaysi maktabda o`qishini bilib olish oson bo`ladi.

Bolaning mashina yonida tushgan suratini qo`ymang

Bu ma`lumot nafaqat bola uchun, balki ota-onalar uchun ham xavf tug`diradi. Jinoyatchilarga o`zingiz haqingizda ham to`liq ma`lumot berishingiz mumkin.

Bolaning yarim yalang`och suratini joylashtirmang

Bunday suratlar siz va yaqinlaringiz uchun qanchalik kulgili va samimiy tuyulmasin, ba`zilar unga batamom boshqa tomondan nazar tashlashlari mumkin.

Kelajakda bolangizning uyalishiga sabab bo`ladigan suratlarni qo`ymang

Shubhasiz, bunday suratlar barchamizda mavjud. Bolaligimizda ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo`lmagani bois, ularni faqatgina yaqinlarimiz tomosha qilish imkoniyatiga ega bo`lgan. Bizning bolalarimiz esa bunday xavfdan himoya qilinmagan. Ularning bunday suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish kelajakda ularning qizarishiga, uyalishiga sabab bo`lishi mumkin.

Farzandingizning boshqa bolalar bilan tushgan suratini qo`ymang

Bunday suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishdan ilgari farzandingiz bilan suratga tushgan bolalarning ota-onasi qarshi bo`lmasligi haqida o`ylab ko`ring. Axir bu ishingiz bilan boshqa bolalarning javobgarligini ham o`z bo`yningizga olasiz.

Farzandingizning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishdan oldin uni nafaqat do`stlaringiz, yaqinlaringiz ko`rishini, balki har qanday yovuzli niyatli odam undan g`arazli maqsadlarda foydalanishi mumkinligi, bolangizning xavfsizligi haqida o`ylab ko`ring. Farzandingizni yomon ko`zlardan, yomon niyatli odamlardan asrang!

Sharhlar

U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1