AsosiyJamiyat

Surxondaryoda o`qituvchilar "Open Budget"ga ovoz yig`ish uchun majburlanayotgani aytilmoqda (video)

'Surxondaryoda o`qituvchilar "Open Budget"ga ovoz yig`ish uchun majburlanayotgani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Surxondaryoda o`qituvchilar "Open Budget"ga ovoz yig`ish uchun majburlanayotgani aytilgan video tarqaldi. 

Unda Angor tumani "Navshaxar" mahallasida tumanning 36-maktab o`qituvchilari ish kuni bo`lishiga qaramasdan "Open Budget" uchun ovoz yig`ishyotgani aytilgan. O`qituvchilarning aytishicha, topshiriq rahbarlardan bo`lgan. 

Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, Angor tumanidagi holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o`rganilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar