AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida ochiq qoldirilgan “Gentra” mashinasidan pul va bir nechta qimmatbaho buyumlarni o`g`irlagan shaxs qo`lga tushdi

'Toshkent shahrida ochiq qoldirilgan “Gentra” mashinasidan pul va bir nechta qimmatbaho buyumlarni o`g`irlagan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Tergov departamentining bergan xabariga ko`ra, 2023 yil 15 mart kuni soat 20:00 larda, 30 yoshli V.B. o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumani Bunyodkor ko`chasi 6-uyda joylashgan “KAMOLON-OSH” markazi oldida bo`la turib, shu erda 27 yoshli Yu.B.ga tegishli bo`lgan “Gentra” rusumli avtomashinasi yo`lning chetida ochiq holatda qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, avtomashina salonidan 5.000.000 so`m va 100 AQSh dollari miqdorda naqd pul mablag`lari, bir dona bahosi 130 AQSh dollarlik “Sauvage” nomli erkaklar atiri va bir dona bahosi 150 AQSh dollari “Neoline7700” rusumli anti-radarni yashirin ravishda qo`lga kiritib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida v.B. ashyoviy dalillar bilan ushlanib, shaxsi urganilganda u muqaddam xam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilganligi uchun sudlanganligi va u sud tomonidan xavfli residivist deb topilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan V.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda, ushbu shaxs boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar