AsosiyJamiyat

Ulug`bek Ro`ziqulov "O`zavtosanoat" rahbarligiga qaytdi

'Ulug`bek Ro`ziqulov "O`zavtosanoat" rahbarligiga qaytdi'ning rasmi

Sobiq bosh vazir o`rinbosari, muqaddam "O`zavtosanoat"​ va "O`zbekiston havo yo`llari"​ni boshqargan Ulug`bek Ro`ziqulov yana "O`zavtosanoat" kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Kompaniya sayti rahbariyatida aynan u yangi rais sifatida ko`rsatilgan.

Ulug`bek Ro`ziqulov (1969 yilda tug`ilgan) Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.

Ulug`bek Ro`ziqulov muqaddam Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda ishlagan, 2015 yildan 2017 yilga qadar bosh vazir o`rinbosari — "O`zavtosanoat" boshqaruvi raisi bo`lgan.

2017 yil avgustida bu lavozimdan ozod etilgan, ko`p o`tmay "O`zbekiston havo yo`llari" aviakompaniyasiga rahbar etib tayinlangandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar