AsosiyJamiyat

Samarqanddagi “Qoraqo`ton" tog`ida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berganlar ushlandi

'Samarqanddagi “Qoraqo`ton" tog`ida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berganlar ushlandi'ning rasmi

Oltin qazib olish uchun sharoit yaratib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Paxtachi tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.H. boshqa bir fuqaro F.D.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “Qoraqo`ton" tog`ida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berishi evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar