Andijon shahrida voyaga etmagan bolalarga o`z mashinasini ijaraga bergan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda "Sevimli" telekanali ma`lum qildi.
Andijon viloyati IIB JXX YHXBga Andijon shahri 17-umumta`lim maktabi tomonidan o`quvchilarning qoidabuzarlik sodir etgani haqida xabar berilgan. Murojaatda uch nafar 8-sinf o`quvchisiga soatiga 60 ming so`mdan ikki soatga avtomashina topshirilgan aytilgan.
“Mashinam uyda bekor turgandi. Kunduzi bilan kirakashlik qildim, kechki payt gazimga pul chiqib qolar degan maqsadda bergandim. Ularda biror muammo chiqib qolsa, o`zlari hal qilishi haqida kelishdik. Yonida o`tirib, haydashni eplay olgani uchun berdim. Ikki soat minib, qaytarib, ehtiyot qilib olib kelishdi”, — deydi mashina egasi.
Holat bo`yicha Matiz avtomobili egasiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.