AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 10 yilda yuz bergan 6-8 balli oltita zilzilada jami 16 kishi qurbon bo`lgan

'O`zbekistonda 10 yilda yuz bergan 6-8 balli oltita zilzilada jami 16 kishi qurbon bo`lgan'ning rasmi

AOKAda Favqulodda vaziyatlar, Qurilish vazirliklari, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti va boshqa mas`ul tashkilotlar vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.  

Unda zilzila, sel, toshqinlar kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish, seysmik holatni baholash bilan bog`liq masalalar yuzasidan ma`lumot berildi.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan O`zbekiston va unga chegaradosh hududlarda 2023 yil 1 yanvardan bugungi kungacha magnitudasi M= 2.8-6.8 bo`lgan 250 dan ortiq zilzila qayd etilgan.

O`zbekiston geologik joylashuviga ko`ra, O`rtaer dengizi - Osiyo seysmik kamarida joylashgan. 1900 yildan shu kunga qadar 60 dan ortiq kuchli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bo`lgan) zilzilalar sodir bo`lgan.

So`nggi 10 yilda yuz bergan 6-8 balli oltita zilzilada jami 16 kishi qurbon bo`lgan, 54 kishi jabrlangan.

    Boshqa yangiliklar