Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan byudjet tashkiloti xodimlarini maktabgacha va maktab ta`limi sohasidagi loyihalarga ovoz berishga majburlash holatlari yuzasidan munosabat bildirdi.
Vazirlik tomonidan o`rganishlar yirik mahallalar aholi soni yuqori bo`lganligi sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo`lish holatlari mavjudligi aniqlangan.
️Ovoz berishda tengsizlikka yo`l qo`ymaslik, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida vazirlik tomonidan bir qancha texnik va uslubiy echimlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan:
- FACE ID yordamida identifikasiya qilish mexanizmini joriy etish. Bunda, tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtirilish;
- kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun ko`paytirish koeffisienti joriy etish amaliyoti ko`rib chiqiladi.
Bunda, kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyati yaratilishi ko`zda tutilgan.
Bundan tashqari, tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini ta`minlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilmoqda.
“Tashabbusli byudjet” loyihasini yanada rivojlantirish yuzasidan keng jamoatchilikni xabardor qilish va takliflarini hisobga olish maqsadida vazirlik rasmiy kanallarida batafsil ma`lumotlar e`lon qilib boriladi, - deyiladi xabarda.






