Separatistik harakat etakchisiga nisbatan Nukus voqealari bo`yicha sirtdan ayblov e`lon qilindi

Jinoyat 25.03.2023, 19:28
Separatistik harakat etakchisiga nisbatan Nukus voqealari bo`yicha sirtdan ayblov e`lon qilindi

"Alga Karakalpakstan” separatistik harakat etakchisi Amanbay Sagidullaev va Qozog`istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Nietbay Urazbaev Nukus voqealari bo`yicha jinoiy ishda ayblanmoqda.

Qoraqalpog`iston sudining Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati Amanbay Sagidullaev (Norvegiyada yashaydi) va Nietbay Urazbaevga (Qozog`istonda yashaydi) nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqishga kirishdi. Oliy sud axborot xizmati sud jarayoni ochiq tarzda bo`lib o`tayotganini ma`lum qildi.

Ayni paytda Norvegiyada yashovchi 55 yashar Amanbay Sagidullaev hamda Qozog`istonda istiqomat qiluvchi 53 yashar Nietbay Urazbaev O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28 orqali (jinoyat ishtirokchilik), 104- (Badanga qasddan og`ir shikast etkazish), 158- (O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish), 159- (O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz), 244- (Ommaviy tartibsizliklar) va 244-1-moddalarida (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Qayd etilishicha, sudlanuvchilar O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo`lganligi va ularni sudga keltirish imkoni yo`qligi sababli Jinoyat-prosessual kodeksining 410-moddasiga asoslanib, ushbu jinoyat ishi bo`yicha sud muhokamasi sudlanuvchilarning ishtirokisiz o`tkazilmoqda.

Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo`lgan va sudga kelishdan bo`yin tovlagan, uning yo`qligi ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yo`l qo`yilishi mumkin.

IIV saytidagi qidiruvdagi shaxslar ro`yxatida keltirilishicha, Sagidullaevga nisbatan Jinoyat kodeksining 167- (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 205- (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) va 209- (Takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan mansab soxtakorligi) moddalarida ko`zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgani uchun qidiruv e`lon qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1