AsosiySport

Husanxon Baratov Ural FC musobaqasida rossiyalik jangchini nokautga uchratdi

'Husanxon Baratov Ural FC musobaqasida rossiyalik jangchini nokautga uchratdi'ning rasmi

Rossiyaning Samara shahrida 25 mart, shanba kuni aralash yakkakurashlar bo`yicha Ural FC musobaqasi o`tkazildi.

Musobaqaning asosiy kardida o`zbekistonlik kikbokschi Husanxon Baratov oktagonga ko`tarildi. Ung Rossiya vakili Shamil Abbosov raqib bo`ldi.

Jang kikboksning K-1 qoidalari bo`yicha o`tkazildi. Birinchi raundda Baratov raqibiga bir nechta sezilarli zarbalar yo`lladi. Ikkinchi raund boshida Husanxonning kuchli qo`l zarbasidan keyin Abbosov nokdaun holatiga tushdi. Natijada hakam jangni to`xtatib, texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa Baratov Ural FC promoushenidagi debyut jangini g`alaba bilan yakunladi.

Turnirning asosiy jangida Vyacheslav Dasik birinchi raundda Jeronimo Dos Santosni texnik nokaut bilan mag`lub etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar