1

Qoraqalpog`istonda poezd 44 yoshli erkakni bosib ketdi. Fuqaro halok bo`lgan

Jamiyat 27.03.2023, 11:20
Qoraqalpog`istonda poezd 44 yoshli erkakni bosib ketdi. Fuqaro halok bo`lgan

Poezd temiryo`l relsida odamni bosib ketib, halok qildi. Holat bo`yicha Transport prokuraturasi ma`lumot taqdim etdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 mart kuni soat 16:00 larda 053-sonli “Qo`ng`irot-Toshkent” yo`nalishidagi yo`lovchi poezdi “Ellikqala-To`rtko`l” bekatlari oralig`i 552-km. 5-to`sig`ida harakatlanib o`tayotgan vaqtida 1979 yil tug`ilgan fuqaro X.Sh.ning ehtiyotsizligi natijasida poezd yo`liga chiqib qolgan va natijada poezd bosib ketkan.

Olgan tan jarohatlari natijasida fuqaro X.Sh. voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Orolbo`yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borilmoqda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1