1

Namanganda fuqarolarni ishini hal qilib berish evaziga pul talab qilgan ikki nafar advokatga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 27.03.2023, 12:50
Namanganda fuqarolarni ishini hal qilib berish evaziga pul talab qilgan ikki nafar advokatga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Namangan viloyatida 4 kun ichida suddagi ishlarni o`sha erda ishlaydigan tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga fuqarolardan pul talab qilgan ikki nafar advokat qo`lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, advokat A.Yu. Namangan tumanlararo ma`muriy sudida ko`rilayotgan ishni sud xodimlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga ish bo`yicha tarafdan 12.000 AQSh dollari talab qilib, shundan 7000 AQSh dollarini olayotgan paytda daliliy ashyolar bilan qo`lga olinadi.

Ikkinchi holatda esa yana bir mahalliy advokat A.N. fuqarolik ishlari bo`yicha Namangan tumanlararo sudida ko`rilayotgan nikohni bekor qilishga oid ish bo`yicha (taraflarga beriladigan) 6 oylik muddatni uch oyga qisqatirib berish evaziga talab qilgan pulni olayotganda ushlanadi.

Hozirgi vaqtda har ikki holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga urinish alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1