1

Yangilanayotgan Konstitusiya: Ilk marotaba fuqarolar davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega, degan qoida kiritilmoqda

Jamiyat 27.03.2023, 16:09
Yangilanayotgan Konstitusiya: Ilk marotaba fuqarolar davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega, degan qoida kiritilmoqda

Yangi tahrirda tasdiqlanishi kutilayotgan Konstitusiyamizning mazmun-mohiyatiga e`tibor beradigan bo`lsak, unga kiritilayotgan yangi moddalar va normalarning salmoqli qismi inson va fuqarolarning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlarini to`laqonli ro`yobga chiqarishga qaratilganligini ko`rishimiz mumkin, deyiladi Agentlik Axborot xizmatini rivojlantirish agentligi xabarida.

"Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning loyihasi – haqiqiy xalq Konstitusiyasidir, chunki u jamoatchilik tomonidan kelib tushgan 200 mingdan ortiq takliflar asosida ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan, takliflarning har to`rttasidan bittasi loyihadan joy olgan.

Shu o`rinda, yangilanayotgan Konstitusiya loyihasining 37-moddasida “O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar”, degan qoida kiritilmoqda. Ushbu qoida Konstitusiyaning “Siyosiy huquqlar” bobida aks etayotganligi muhim amaliy va siyosiy-huquqiy asosga ega", - deyiladi xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1