Davlat tomonidan yana bir guruh yoshlar xorijiy OTMlarga o`qishga yuboriladi. Shu maqsadda “El-yurt umidi” jamg`armasi 2023 yilgi 1 stipendiya tanlovini e`lon qiladi. Tanlov 500 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, bakalavriat ta`lim dasturi uchun 75 o`rin, magistratura uchun 275 o`rin, doktorantura uchun 150 o`rin stipendiyalar ajratiladi.
Nomzodlarning hujjatlari 2023 yil 1 apreldan – 1 mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2023 yil 1 maydan 1 iyunga qadar davom etadi.
Nomzodlar uchun barcha zarur ma`lumotlar Jamg`armaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil ma`lumot berilgan.