1

Samarqandda fuqaroning qariyb bir milliardlik kompensasiyasi undiriladigan bo`ldi

Jamiyat 28.03.2023, 14:12
Samarqandda fuqaroning qariyb bir milliardlik kompensasiyasi undiriladigan bo`ldi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlardan biri mulkdorning asossiz ravishda mulkidan mahrum bo`lib qolayotgani bilan bog`liq. Hokimlik garchi qo`yilgan ayblovlarni rad etgan bo`lsada, sudda adolat g`alaba qozonib, bu o`z tasdig`ini topdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Samarqand viloyat adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Aniqlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.A.ga 2004 yildagi 95-sonli oldi-sotdi shartnomasiga asosan tegishli bo`lgan Samarqand shahar, sobiq "Temiryo`l" tumani "Rudakiy" ko`chasida joylashgan 299.2 kv.m bo`lgan "Savdo va maishiy xizmat ko`rsatish kompleksi" Samarqand shahar hokimining 2018 yil 11 dekabrdagi 2382-Q-sonli qarori bilan "Agro Plus" MChJga berib yuborilgan. Bu ham etmagandek er maydoni uchun kompensasiya to`lab berilmagan. Yillar davomida buzilgan huquqlarini tiklash borasida sarson bo`lgan fuqaro adliyaga murojaat qildi.  

 O`rganishda to`plangan hujjatlarga ko`ra, fuqaro A.Axmedov 2004 yil 17 martdagi 95-sonli oldi-sotdi shartnomasiga asosan, Samarqand shahar, sobiq Temiryo`l tuman, "Rudakiy" ko`chasi 86-manzilda joylashgan "Savdo va maishiy xizmat ko`rsatish kompleksi"da veterinatiya klinikasini tashkil etib ma`lum muddat faoliyat ko`rsatgan. Ammo 2012 yilning oxirida sog`lig`i yomonlashganligi sababli Rossiya Federasiyasiga ketgan va 2015 yilda qaytgan. Lekin uning ko`chmas mulki hokimlik tomonidan 2014 yilda buzub yuborilgan bo`lgan. Shuningdek, Samarqand shahar hokimining 2018 yil 11 dekabrdagi 2382-Q-sonli qarori bilan "Agro Plus" MChJga Samarqand shahar "Ali Qushchi" MFY binosi qurish uchun 100. kv.metr qismi ajratilgan. Biroq, Samarqand shahar hokimining ushbu hamda 2019 yil 19-sentyabrdagi 2308-Q-sonli qarorlari bilan fuqaroga etkazilgan zarar qoplab berilmagan.  

Sindor USMONOV, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xodimi:

"Fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudiga da`vo arizasi kiritilib, qisman qanoatlantirildi. Sud O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 14, Uy-joy kodeksi 27, 29, Fuqarolik prosetsual kodeksining 138, 141, 249-253-moddalarini qo`llab javobgar hisobidan fuqaro foydasiga buzilgan savdo va maishiy xizmat ko`rsatish kompleksi, erdan foydalanish huquqining bahosi hamda ekspertiza o`tkazish uchun to`langan to`lovlar uchun jami 891 525 701 so`m miqdorida pul kompensasiya undirish haqida qaror qabul qildi.

Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo`yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to`g`risida" gi nizom (Samarqand shahar hokimining 2019 yil 19-sentyabrdagi 2308-Q-sonli qarori qabul qilingan vaqtda amalda bo`lgan) ning 8-bandida buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini fuqarolarga to`lash, hamda er uchastkasini olib qo`yish munosabati bilan mulkdorlarga etkazilgan zararlarni qoplash nazarda tutilgan".

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1