AsosiyJamiyat

Bugun poytaxtning 5 та tumanida gaz o`chadi (ro`yxat)

'Bugun poytaxtning 5 та tumanida gaz o`chadi (ro`yxat)'ning rasmi

Yangihayot tumani Sattorova ko`chasi va Sputnik 4-mavzesi, Indeks bozori yonidagi gaz quvurlariga gaz hisoblagich o`rnatish ishlari rejalashtirilgan.  Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu sababli bugun, 29-mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar:    
Yangihayot tumani: “Ibrat”, “Olchazor”, “Navquron”, “Al-Farg`oniy”, “Do`stlik”, “Iqbol”, “Yo`ldosh”, “Toshkent”, “Fayzil”, “Chortoq” MFYlaridagi 3491 ta uy xo`jaliklarida va ko`p qavatli uylardagi jami 4437 ta aholi xonadonlarida hamda MFYlari hududida joylashgan 234 ta ulgurji iste`molchilarda;


Sergeli tumani: “Nilufar”, “Iltifot”, “Sofdil” MFYlari hududidagi 288 ta uy xo`jaliklarida va ko`p qavatli uylardagi jami 2718 ta aholi xonadonlarida hamda MFYlari hududida joylashgan 36 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi;


Yunusobod tumani “Tiklanish” MFY hududidagi o`rta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o`rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli bugun, 29-mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar Yunusobod tumanining “Tiklanish” MFYdagi 400 ta uy xo`jaliklarida hamda mazkur mahalladagi 10 ta ulgurji iste`molchilarda tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
"Ta`mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar