AsosiyJamiyat

"Qonun bor edi, biroq ishlamadi"

'"Qonun bor edi, biroq ishlamadi"'ning rasmi

Avvalroq, Shavkat Mirziyoev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko`zda tutuvchi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik. Xo`sh, endi o`qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilmaydimi, ularga vazifasidan tashqari ish buyurganlar qanday jazolanadi? Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mas`ul xodimi Jamoliddin Fozilov savollarimizga javob berdi.

 

Qonun bor edi, biroq ishlamadi

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil 27 mart kuni “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonuni imzolandi.

Ushbu hujjatda ta`lim muassasasining pedagoglarini o`z xizmat vazifalaridan tashqari ishlarga jalb qilish bilan bog`liq huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarini, ularni ro`yobga chiqarish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e`tibor qaratilgan.

Mazkur masalada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son qaroriga muvofiq, ta`lim muassasalari o`qituvchilaridan o`z vazifasidan tashqari qo`shimcha ma`lumotlar talab qilish, ularni xizmat vazifalariga bog`liq bo`lmagan majburiy mehnatga, shuningdek, boshqa turdagi ishlarga jalb etish ta`qiqlangan edi. 

Biroq, pedagoglarni ularning kasbiy faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan tadbirlarga noqonuniy jalb etish holatlari davom etayotgan edi.

Jumladan:

  • pedagoglar hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarni hal etish uchun tuzilgan ko`plab ishchi guruhlar tarkibiga asossiz kiritish;
  • ulardan turli hisobot va axborotlar talab qili;
  • mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan o`tkaziladigan tadbirlar, ko`rgazmalarni tashkil etish;
  • tuman va shahar hududlarini obodonlashtirish hamda ko`kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilish;
  • hokimliklarga bitiruvchilar bandligini ta`minlash bo`yicha hisobot taqdim etish;
  • hokimlik va boshqa tashkilotlarning ishchi guruhlariga jalb etilgan holda mahallada, boshqa ijtimoiy soha obektlarini o`rganishlarda ishtirok etish va hokazolar.

 

Uch yilda 350 nafar pedagog majburlangan 

 

– Ma`lumotlarga asosan so`nggi uch yil davomida 350 nafarga yaqin pedagoglar majburiy mehnatga jalb etilgan.

Men o`ylaymanki, buning asosiy sabablaridan biri joylardagi mahalliy hokimliklar o`qituvchini boshqa qo`shimcha ishlarga jalb etish oqibatida maktablarda pedagoglarning ta`lim berish jarayonlariga to`liq tayyorlanishi, o`quvchilarga sifatli ta`lim berish ishlariga salbiy ta`sir ko`rsatishini to`liq anglay olmaganliklari va eskidan qolgan buyruqbozlikdan hali-hanuz voz kecha olmayotganliklarini oqibatidir.

Mazkur qonunning qabul qilinishi esa o`qituvchilarning ish samaradorligini oshirish va lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifalarga jalb etish jarayonlariga barham berish orqali pedagoglarning jamiyatda nufuzini mustahkamlashga, oshirishga olib keladi deb hisoblayman.

 

Endi aybdorlar qanday jazolanadi?

 

– Qonungako`ra, pedagogxodimnimehnatgabiron-birshakldama`muriytarzdamajburlashuchunma`muriyvajinoiyjavobgarliklarkuchaytirildi. 

Jumladan:

umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so`mgacha jarimaga sabab bo`lsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln. so`mgacha jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma`muriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, 45 mln. so`mdan 60 mln. so`mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, ta`lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o`z xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qilish uchun ham ma`muriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln. so`mdan 4,5 mln. so`mgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln. so`mdan 6 mln. so`mgacha jarima belgilanmoqda Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan 15 sutkagacha ma`muriy qamoq belgilanishi mumkin.

Ushbu Qonun ta`lim muassasasining pedagog xodimini majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog`liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirib, jamiyatda qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlashga hamda Pedagog xodimlarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlashga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar