- Tirnoq uchun lakni qorong`u va salqin erda saqlash lozim. Masalan muzlatkichda.
- Aslo uni silkita ko`rmang. Buning o`rniga lak idishini kaftlaringiz orasiga olib ishqalang. Shunda bo`yalgan tirnoqlarda pufakchalar hosil bo`lmaydi.
- Tez quriydigan laklardan ehtiyot bo`ling. Qadog`ida “60 soniyada manikyur” deb yozilgan laklar tarkibidagi tez qurishini ta`minlovchi moddalar tirnoq plastinasiga ziyon etkazadi.
- Doim tirnoq atrofidagi terini yumshatib turing. Buning uchun maxsus moylar mavjud. Bu manikyuringiz ozoda ko`rinishiga yordam beradi.
- Rangli lak surtishdan avval asos sifatida oq yoki teri rangidagi lakdan surtsangiz, manikyuringiz yanada yorqin ko`rinadi.
- Tirnoqlarni bir yo`nalish bo`ylab egovlash lozim. Aks holda ular qavat-qavat bo`lib noxushlik tug`diradi.
- Lakni ketkazish vositalari tarkibida aseton bo`lmasligiga e`tibor qarating. Aseton tirnoqni quritib, plastinalarga ziyon etkazadi.
- Bo`yoqdan oson xalos bo`lish uchun paxtali cho`pni lakni ketkazish vositasiga botirib oling va tirnoq ustidan yurgazing. Bir necha soniyadan so`ng uni salfetka yordamida artib olsangiz bo`lgani.
04.10.2016 04:10





