AsosiyJamiyat

"Avtomagistral” korxonasining 1,5 mlrd so`mlik davlat xaridlari korrupsiya sababli bekor qilindi

'"Avtomagistral” korxonasining 1,5 mlrd so`mlik davlat xaridlari korrupsiya sababli bekor qilindi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o`tkazilgan monitoring natijasida “Avtomagistral” unitar korxonasi buyurtmachiligida transport xizmatini ko`rsatish uchun 2023-yil 25-mart kuni qonunchilikka zid o`tkazilgan 2 ta ( 1 055,0 mln so`mlik va 515,0 mln so`mlik) jami 1 mlrd  570,0 mln so`mlik davlat xaridi bekor qilindi.

Bunda korxona O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunning:
10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);
14-moddasi (manfaatlar to`qnashuvi);
19-moddasi (davlat buyurtmachilari);
42-moddasi (ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari);
46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi aniqlandi.
Xususan, xarid komissiyasi tomonidan 515,0 mln so`mlik davlat xaridida ishtirok etgan talabgor va g`olib deb topilgan “I.A.M.” MChJ ta`sischisi B.M.I ayni paytda “Avtomagistral” UK xarid komissiyasi a`zosi va korxona bosh muhandisi ekanligi e`tiborga olinmagan va nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o`rganilmagan. Shuningdek, mazkur holat bo`yicha tanlovni o`tkazishni vaqtinchalik bekor qilish chorasi ko`rilmagan.

Bundan tashqari, har ikki davlat xaridida ham xarid komissiyasi kotibi tomonidan foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali xaridda ishtirok etgan tadbirkorlarning hujjatlari maxsus elektron platformaga yuklanganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holatlar bo`yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to`g`risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora ko`rish uchun to`plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi. Holat bo`yicha xizmat tekshiruvi o`tkazish uchun O`zbekiston Respublikasi Avtomobil yo`llari qo`mitasiga so`rovnoma ham kiritildi.

“Avtomagistral” UK tomonidan 2023 yil 29 mart kuni Antikorrupsiya agentligiga taqdim etilgan xatga ko`ra, kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasining 2 ta lot bo`yicha bayonnomasi bekor qilingan.

    Boshqa yangiliklar