Shariatimizda erdan topib olingan narsa yoki pul bizlarga halol emas. Eshitishimcha kimki pul topib olsa, uni 1 yil saqlashi kerak, egasi chiqmasa sadaqa qilib yuborishi kerak. Shunda ham ushbu sadaqaning savobi sizga yozilmas ekan. Men erda yotgan pulni ko`rib, ishlatib qo`yishim mumkin deb olmasam, menga gunoh bo`lmaydimi? Ahir egasi mendan so`rashligi mumkin, men esa gunohdan qo`rqib boshqa gunohga tutilib qolmaymanmi?
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Topib olingan narsalar ikki turli bo`ladi.
1. Agar topib olingan narsani egasini topib qaytarib berish uchun olmasa, u narsa o`sha erda talofatga uchrab yo`q bo`lib ketish ehtimoli bo`lsa, topib olingan narsani olish farz bo`ladi.
2. Topib olingan narsani egasiga qaytarib berish uchun olmasa ham u joyda halokatga uchrab yo`q bo`lib ketish ehtimoli bo`lmasa, u narsani olish ixtiyori bo`ladi. Ammo egasiga qaytarib berish maqsadida olish afzal hisoblanadi va bu ish uchun savob ham umid qilinadi. Vallohu a`lam.
O`zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.






