1

O`zbekistonda yana sel-suv toshqini xavfi e`lon qilindi (hududlar ro`yxati)

Jamiyat 31.03.2023, 11:46
O`zbekistonda yana sel-suv toshqini xavfi e`lon qilindi (hududlar ro`yxati)

2—4 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O`zgidromet direktori Sh.Habibullaev o`zining Facebook sahifasi orqali ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2—4 aprel kunlari O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog`oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do`l yog`ishi mumkin. 1—4 aprelda ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, shimolda va cho`l hududlarda chang-to`zon bilan 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Sel-suv toshqini kuzatilishi kutilayotgan hududlar:

Qashqadaryo viloyati Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

Farg`ona viloyati So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`ralmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1