AsosiyDunyo

Ilon Mask Xitoyga borishni rejalashtirmoqda

'Ilon Mask Xitoyga borishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Tesla bosh direktori Ilon Mask aprel oyida Xitoyga tashrif buyurib, bosh vazir  Li Syan bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi o`z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko`ra, tashrifning aniq vaqti  Li Syanning tayyorligiga bog`liq. Xitoy Teslaning AQShdan keyin ikkinchi yirik bozori va uning Shanxaydagi zavodi  eng yirik ishlab chiqarish markazi hisoblanadi.

Maskning safari uning Xitoyga COVID-19 pandemiyasidan keyingi birinchi tashrifi bo`ladi. Li mart oyida bosh vazir bo`lishidan oldin Shanxay partiya kotibi bo`lib ishlagan va u erda Tesla zavodining qurilishi va ochilishini nazorat qilgan.

Mask Xitoyga oxirgi marta 2020 yil boshida tashrif buyurgan, o`shanda u Shanxaydagi fabrikadagi tadbirda sahnada raqsga tushib, internetni larzaga keltirgan edi. 

 

 

    Boshqa yangiliklar