Prezident Shavkat Mirziyoev Yangibozor tumanidagi “Xorazm faxri” urug`chilik klasteri dalasida bo`ldi.
Bu klasterning umumiy er maydoni 286 gektar. Shundan 147 gektarida g`alla, 122 gektarida paxta etishtirilmoqda. 45 kishi doimiy ish bilan ta`minlangan.
Davlatimiz rahbari ekinlar rivojini ko`zdan kechirdi. G`alla va g`o`zaning navi, mevali daraxtlar hosildorligi bilan qiziqdi.
Ma`lumki, Xorazm suv taqchil hudud sanaladi. Shuning uchun dehqonchilikda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishga harakat qilinmoqda. G`alla maydonining bir qismida yomg`irlatib sug`orish yo`lga qo`yilgan. Olma ko`chatlari qadalgan yangi bog` oralariga esa sabzi, piyoz, sholg`om kabi qishloq xo`jaligi ekinlar ekish yo`lga qo`yilgan.
Prezident bunday omilkorlikni boshqalarga ham o`rgatish kerakligini ta`kidladi.
Mamlakatimizda g`alladan bo`shagan maydonlar takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholiga bo`lib berilmoqda. “Xorazm faxri” urug`chilik klasterida ham 80 nafar aholiga 30 sotixdan sabzavot ekish uchun er berilgan. Bu yil yana 26 nafar kishiga er ajratilishi ko`zda tutilgan.
Prezident shu erda qishloq xo`jaligi xodimlari, fermer va dehqon xo`jaliklari vakillari bilan suhbatlashdi. Xorazmning tuprog`iga mos ekinlar etishtirish, qishloq xo`jaligini sanoatlashtirish muhimligi qayd etildi.
Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.






