AsosiyJamiyat

Senat Open Budget'ga ovoz yig`ish uchun majbur qilinganlardan murojaat qilishlarini so`ramoqda

'Senat Open Budget'ga ovoz yig`ish uchun majbur qilinganlardan murojaat qilishlarini so`ramoqda'ning rasmi

Senat axborot xizmatining xabariga ko`ra, "Tashabbusli byudjet"ga ovoz yig`ish uchun xodimlar majburiy jalb qilinayotganlik holati o`rganilmoqda.

"Tashabbusli byudjet" loyihasi Davlat byudjetining shakllanishi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida yo`lga qo`yilgan.

O`tgan qisqa davr mobaynida ushbu loyiha doirasida joylarda ko`plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois bugungi kunda mazkur jarayon ommalashib bormoqda. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda "Tashabbusli byudjet" uchun ayrim soha vakillarining ovoz yig`ish ishlariga jalb qilinganligi holatlari keng muhokama qilinmoqda.

Shu munosabat bilan mazkur masala Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan atroflicha o`rganilmoqda. Natijalari bo`yicha qo`shimcha ravishda ma`lum qilinadi, -deyiladi xabarda.

Qolavera, majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish bilan bog`liq muammolarga duch kelgan yoki mazkur holatdan xabardor bo`lgan aholidan mk@senat.uz, "1176" hamda "1092" raqamli "ishonch telefon"lariga murojaat qilishlari so`ralgan.

    Boshqa yangiliklar