AsosiyJamiyat

Xorazm sog`liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

'Xorazm sog`liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning tegishli buyrug`i bilan Sodiqjon Boboevich Sodiqov Xorazm viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

44 yoshli Sodiqjon Sodiqov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma`lumot uchun, u 1979 yilda tug`ilgan. 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagach, mehnat faoliyatini 2006 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida kardiolog-shifokor sifatida boshlagan.

2009-2010 yillarda “Salomatlik-2” hamda “Ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish” qo`shma loyihasining viloyat byurosi direktori sifatida ishlagan. Shuningdek, 2010–2021 yillarda viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining umumiy va iqtisodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari bo`lib xizmat qilgan.

Shuningdek, Xorazm viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markaziga bosh shifokor va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialiga direktor tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar