Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo`lishga majburlagani haqida xabar berilgandi.
Prezident administrasiyasi sho`ba mudiri Saida Mirziyoeva holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ushbu holat qonunchilikda jiddiy muammolar borligi va ushbu bo`shliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotgani alohida qayd etildi.
“Xorazmda yuz bergan fojia jamiyatda keskin muhokamalarga sabab bo`ldi. Bu holat qonunchiligimizda jiddiy muammolar borligi va ushbu bo`shliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotganini ko`rsatmoqda.
Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillari ham borligi esa nihoyatda xavotirlidir. Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida e`tibor qaratib, sinchiklab o`rganishni va huquqiy baho berishni so`rayman.
Biz mavjud qonunchilikni qayta ko`rib chiqib, takomillashtirish, oilaviy zo`ravonlik bo`yicha qonunni qabul qilishni tezlashtirishimiz zarur. Mazkur qonun loyihasi ayollar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan”, — deb yozadi Mirziyoeva.






