Britaniyalik olimlar supermassiv qora tuynukni aniqladilar. U Quyosh massasidan taxminan 33 mlrd marta katta.
Bu fanga ma`lum bo`lgan eng katta qora tuynuk. Ehtimol, uning massasi nazariy jihatdan qora tuynuklar hajmining yuqori chegarasidir.
Supermassiv qora tuynuklar ko`plab galaktikalarning markazida joylashgan. Astrofizik kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, Olamda deyarli boshidanoq supermassiv qora tuynuklar mavjud bo`lgan — ularning eng qadimgisining yoshi 13,7 milliard yilga baholangan, Olamning yoshi esa 13,799 milliard yildir.