Polshaning "Dziennik Gazeta Prawna" gazetasida Polsha va Rossiya o`rtasida ehtimoliy harbiy mojaro haqida maqola chop etilgan.
“Rossiya bilan urushning jiddiy xavfi bor, biz uch-o`n yil ichida unga duch kelamiz. Bu vaqtdan imkon qadar Polsha armiyasini qayta jihozlash uchun foydalanishimiz kerak”, — dedi mamlakat Mudofaa vaziri o`rinbosari.
Harbiy ekspert Boris Podoprigora bu mish-mishlarga shubha bildirgan. Uning fikricha, bu bayonotlardan xavotirlanishga hojat yo`q.






