Turkiya janubida sodir bo`lgan dahshatli zilzila paytida vayronalar ostidan qutqarib olingan uch yarim oylik chaqaloq 54 kundan so`ng onasi bilan qayta topishdi. Bu haqda zamon uz xabar berdi.
Vetin Begdash (shifokorlar Gizem degan ism bergan) 6 fevral kuni Hatay viloyatida sodir bo`lgan zilziladan 128 soat o`tib tirik holda topilgandi.
Shundan so`ng u zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan va uning sog`lom ekani tasdiqlangach, Anqara kasalxonasiga o`tkazilgan.
Oila va Ijtimoiy Xizmatlar Vaziri Derya Yanik chaqaloqni onasi Yasemin Begdash davolanayotgan Adana viloyatiga olib bordi va ona-bolani uchrashdi.
Chaqaloq va onaning bir-biriga qarindoshligi DNK testi bilan isbotlangan.
Zilzila oqibatida vafot etgan 50 mingdan ortiq odamlar orasida chaqaloqning boshqa yaqinlari ham bo`lgan.






