Professional boksning super o`rta vazn (76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo`ziev (11-1, 9 KO) o`zining navbatdagi jangini Gabriel Rosadoga (26-16-1, 15 KO) qarshi o`tkazadi.
Meliqo`ziev va Rosado o`rtasidagi revansh jangi 22 aprel kuni Las Vegasdagi boks oqshomi kardidan o`rin oladi. Bu oqshomning asosiy jangi esa Jervonta Devis va Rayan Garsiya o`rtasida kechadi.
Eslatib o`tamiz, Bektemir Meliqo`ziev 2021 yil 19 iyunida Rosadoga qarshi ringga chiqib, nokaut bilan mag`lub bo`lgandi. Bu mag`lubiyat uning professional faoliyatida yagona bo`lib turibdi. Endi unda bu uchun revansh olish imkoniyati bor.






