AsosiyJamiyat

Yangilanayotgan Konstitusiya matni Brayl alifbosidagi nusxasi yaratildi

'Yangilanayotgan Konstitusiya matni Brayl alifbosidagi nusxasi yaratildi'ning rasmi

«O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida»gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi Brayl alifbosida chop etildi, deb xabar bermoqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.

Ushbu loyiha Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan «Barqaror rivojlanish markazi» bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Milliy markaz matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, yangilanayotgan Konstitusiya matnidagi normalarning yarmidan ko`pi insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Jumladan, loyihaning 57-moddasiga muvofiq, mehnatga layoqatsiz va yolg`iz keksalar, nogironligi bo`lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.

Konstitusiya loyihasining 115-moddasida Vazirlar Mahkamasi aholini, shu jumladan, nogironligi bo`lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlashi zarurligi belgilangan.

Shuni ham qayd etish joizki, Milliy markaz tashabbusi bilan ilk marotaba O`zbekiston Konstitusiyasi va «Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida»gi qonun 2020 yilda Brayl alifbosida nashr etilgan.

O`z navbatida, Konstitusiyaviy qonun loyihasining Brayl alifbosidagi nashri nogironligi bo`lgan yurtdoshlarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlashga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar