AsosiyDunyo

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp hibsga olindi

'AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp hibsga olindi'ning rasmi

4 aprel kuni Nyu-Yorkdagi Manhetten jinoiy sudi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi 34 ta punkt bo`yicha jinoiy ayblov e`lon qildi.

Qonunga ko`ra, Tramp sud muhokamasidan oldin rasmiyatchilik yuzasidan hibsga olindi. 

Undan barmoq izlari olinishi va qo`liga kishan urilishi kutilgan edi. Ammo bunday bo`lmadi, deb xabar berdi CBS. Muhokama yopiq eshiklar ortida o`tdi.

Donald Trampga qo`yilgan asosiy ayblov 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi uchun mablag`larni o`zlashtirish bilan bog`liq.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, u pornografik aktrisa Stormi Denielsga ishqiy munosabatlari haqida sukut saqlagani uchun kampaniya fondidan 130 ming dollar to`lagan.

Tramp va uning advokatlari barcha ayblovlarni rad etdi. 

Shundan so`ng, sobiq prezident sud zalini tark etdi. Undan hibs olib tashlandi. 
Tramp sud muhokamasida 2 soatga yaqin ishtirok etdi.

Keyingi sud muhokamasi 4 dekabr kuniga belgilandi.

    Boshqa yangiliklar