Bugun, 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining tog`li hududlarida qor yog`di. Bu haqda O`zgidromet etakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov ma`lum qildi.
Keltirilishicha, qor viloyatning Shahrisabz tumanidagi Ko`l qishlog`ida yog`gan.
Shuningdek, kecha, 4 aprel kuni tumanning tog`li hududidagi Sarchashma qishlog`ida ham qor yog`ib o`tgan.
Bundan tashqari, viloyatning Dehqonobod tumani “Guliston” mahallasida bugun tuni bilan qor yog`ib, erlar yaxshigina oqargan.
Eslatib o`tamiz, 5 apreldan 7 aprelgacha O`zbekistonning aksariyat viloyatlarida kuchli yomg`ir yog`ishi, tog`oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqini bo`lishi haqida ma`lum qilingandi. Kunduzgi havo harorati – hafta davomida 15-18 darajadan 20-23 darajagacha iliq bo`ladi.
Shamol 15-20 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda chang-to`zon kuzatilishi va do`l yog`ishi mumkin.






