AsosiyJamiyat

O`zbekiston eng ko`p oltin sotib olgan 3 davlatdan biri bo`ldi

'O`zbekiston eng ko`p oltin sotib olgan 3 davlatdan biri bo`ldi'ning rasmi

2023 yilning fevral oyida jahon markaziy banklari 51,7 tonna oltin sotib olgan. Bu haqda Jahon Oltin Kengashi xabar bermoqda.

Fevral oyida oltin sotib olgan asosiy xaridorlar qatoridan O`zbekiston ham joy oldi. Mamlakat ushbu oy davomida 8,1 tonna oltin sotib olgan. 

Eng yirik xaridlarni Xitoy va Turkiya amalga oshirgan — mos ravishda 24,9 tonna va 22,5 tonna.

Shuningdek, Singapur (6,8 tonna) va Hindiston (2,8 tonna) ham oltin zaxiralarini yaxshigina oshirdi. 

Fevral oyida eng ko`p oltin sotgan mamlakat Qozog`iston bo`ldi. Qozog`iston Markaziy banki oy davomida 13,1 tonna oltin sotdi. 

Jahon markaziy banklaridagi oltin zaxiralari ketma-ket o`n birinchi oy o`sib bormoqda. 

    Boshqa yangiliklar