AsosiyDunyo

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoyga keldi(video)

'Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoyga keldi(video)'ning rasmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron davlat tashrifi bilan Xitoyga keldi va u erda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Fransiya rahbarining samolyoti Pekin vaqti bilan kunning ikkinchi yarmida Xitoy poytaxti aeroportiga qo`ngan. Makron Xitoyda uch kun qoladi. Siyosatchi Pekin va Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Guanchjou shahriga tashrif buyuradi.

Ushbu safarda Fransiya prezidenti Evropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leenni taklif qildi, ammo uning ishtiroki Makron va Si o`rtasidagi uch tomonlama uchrashuv bilan cheklanadi.

Avvalroq Makron Xitoyga tashrifi chog`ida Xitoy rahbari Si Szinpinni Rossiya etakchisi Vladimir Putin bilan yaqinlashishdan qaytarmoqchi ekani ma`lum bo`lgan edi. U Si bilan bir necha soatlik muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Uning safari Xitoy rahbari uchun shaxsiy ahamiyatga ega bo`lgan shaharga tashrifni o`z ichiga oladi.

Fransiya rahbari Xitoy hukumatini Ukraina inqirozini hal qilishda vositachilik missiyasiga jalb qilmoqchi. Shu bilan birga, Evropa davlatlari va AQSh vakillari siyosatchining tashrifi muvaffaqiyatli o`tishiga shubha qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar