Turkiyaning "AnadoluJet" aviakompaniyasi Anqara-Toshkent-Anqara yangi yo`nalishini ochdi. Birinchi yo`lovchi reysi 2023 yil 17 aprelga belgilangan. Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"AnadoluJet" - bosh qarorgohi Anqarada joylashgan Turkish Airlines loyihasi bo`lgan aviakompaniya. Aviakompaniya parkida 59 ta samolyot mavjud bo`lib, ular 89 ta yo`nalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.






