AsosiyJamiyat

Qator viloyatlarda "Yangi O`zbekiston" massivlarida birorta uy topshirilmaganligi sabab ayrim mutasaddilarga "hayfsan" e`lon qilindi

'Qator viloyatlarda "Yangi O`zbekiston" massivlarida birorta uy topshirilmaganligi sabab ayrim mutasaddilarga "hayfsan" e`lon qilindi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezident raisligida 2023 yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi.

Yig`ilishda bu boradagi ishlar Andijon va Xorazmda yaxshi ketayotgani ta`kidlanib, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryodagi massivlarda hokimlarning e`tiborsizligi oqibatida birorta uy foydalanishga topshirilmagani qattiq tanqid qilindi.

“Yangi O`zbekiston” massivlari bo`yicha Farg`onada 80 ta, Samarqandda 36 ta, Toshkent viloyatida 15 ta, Namanganda 14 ta uyni foydalanishga topshirish cho`zilib ketayotgani ko`rsatib o`tildi.

Shu munosabat Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg`ona va Toshkent viloyati hokimlarining qurilish bo`yicha o`rinbosarlari, Markaziy bankning viloyat bo`linmalari rahbarlariga hayfsan e`lon qilindi va vaziyatni o`zgartirish uchun bir oy muhlat berildi.  

Umuman, 2023 yilda yangi uy-joy qurish hajmini 1,5 baravarga oshirib, 90 mingtaga etkazish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar