AsosiyJamiyat

Zangiota tumanidan 36 gektar er maydonida 58 ta ko`p qavatli uy-joy quriladi

'Zangiota tumanidan 36 gektar er maydonida 58 ta ko`p qavatli uy-joy quriladi'ning rasmi

Ma`lumki, Prezident tashabbusi bilan Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” dasturi boshlanadi. 

Shu maqsadda Qurilish vazirligi huzurida maxsus uy-joy kompaniyasi tashkil etiladi. Unga Zangiota tumanidan 36 gektar er maydoni ajratilib, ushbu hududni kompleks rivojlantirish loyihasi ishlab chiqiladi.

Ushbu hududda 2,5 ming oilaga mo`ljallangan, barcha standartlarga javob beruvchi qulay va energiya tejamkor 58 ta ko`p qavatli uy-joy barpo etiladi.

Ushbu uylardagi 2  va 3 xonali xonadonlar uchun oylik to`lov miqdori amaldagi subsidiyali ipoteka to`lovlaridan arzon bo`ladi.

Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligiga bir hafta muddatda “Mening birinchi uyim” shaharchasining master rejasini yakunlash, loyihani ekspertlar va jamoatchilik muhokamasidan o`tkazish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar