Ertaga, 6 aprel kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`irli ob-havo kuzatiladi. Faqat Xorazm, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg`ir yog`maydi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lib, do`l yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.
Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ayrim tog`li hududlarda yomg`ir qorga aylanadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.






