AsosiyJamiyat

Nima uchun Konstitusiya loyihasida erkak va ayol so`zlari tushib qolmoqda?

'Nima uchun Konstitusiya loyihasida erkak va ayol so`zlari tushib qolmoqda?'ning rasmi

Tabiat resurslari vaziri o`rinbosari, sobiq deputat Rasul Kusherbaev Facebook'dagi Deputatlar minbari kanalida yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi bo`yicha kelayotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda post qoldirdi.

Unga ko`ra, murojaatchilardan biri Konstitusiya loyihasidagi oila bobida nikoh tuzishda nikohlanuvchilar faqat erkak va ayol bo`lishi mumkinligi tushirib qoldirilgani va shunchaki nikohlanuvchilar, deb ketilayotganiga e`tibor qaratmoqda.

"Bir qarashda e`tibor berishga arzimaydigan masalaga o`xshaydi. Ammo Konstitusiya barcha qonunlar uchun asos bo`ladi. Agar nikohlanuvchilar faqatgina ayol va erkak bo`lishi mumkinligi unda mustahkamlanmasa, bu keyinchalik bir jinsli shaxslar o`rtasida ham nikoh tuzishga ruxsat olish sari "lazeyka" ochib berishi mumkin, degan xavotir bor.

Shaxsan men bunday "lazeyka"larga qarshiman va nikoh faqat erkak va ayol o`rtasida tuzilishi mumkinligi Konstitusiyada o`zgarmas qoida sifatida belgilanishi tarafdoriman. Toki bizda inson tabiatiga zid, mantiqsiz ishlar qilishga hatto urinish istagi ham bo`lmasin.

Konstitusiya loyihasiga mas`ullar bunga e`tibor qaratishlarini so`rab qolgan bo`lardik. Agar ular bu fikrlarga qarshi bo`lishmasa albatta", — deyiladi izohda.

    Boshqa yangiliklar