AsosiyJamiyat

Farg`onada yuk mashinasi bilan to`qnashgan Matiz yonib ketdi. Haydovchi voqea joyida vafot etgan (video)

'Farg`onada yuk mashinasi bilan to`qnashgan Matiz yonib ketdi. Haydovchi voqea joyida vafot etgan (video)'ning rasmi

Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanida inson o`limi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 2023 yil 5 aprel kuni soat 21:00 larda O`zbekiston tumani "Tuyul" MFY hududidan o`tgan 4R-154 Qo`qon—Yaypan—Isfara avtomobil yo`lining 22-kilometrida yuz bergan.

1996 yilda tug`ilgan M.M. boshqaruvidagi Matiz avtomobili qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, 1974 yilda tug`ilgan X.D. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobiliga urilgan. Natijada Matiz avtomashinasida yong`in sodir bo`lib, haydovchisi M.M. og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar