AsosiyJamiyat

Mart oyida Qashqadaryoda "Archa o`yinchoqlari” xarid qilish uchun noqonuniy davlat xaridi o`tkazilganligi aniqlandi

'Mart oyida Qashqadaryoda "Archa o`yinchoqlari” xarid qilish uchun noqonuniy davlat xaridi o`tkazilganligi aniqlandi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yil internet saytlarning birida e`lon qilingan “Qashqadaryoda Yangi yil archasini bezash uchun 262,0 mln so`m sarflandi” nomli xabarda qayd etilgan holatlar bo`yicha o`rganish o`tkazildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O`rganish natijasida Koson tuman Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida “Archa o`yinchoqlari” xaridi uchun 2023 yil 27 mart kuni o`tkazilgan davlat xaridida O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonunning 7-moddasi (asoslanganlik prinsipi), 8-moddasi (moliyaviy mablag`lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi prinsipi) 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to`qnashuvi), 26-moddasi (davlat xaridlari jarayoni) talablari buzilganligi aniqlandi.

Xususan, davlat xaridlarini o`tkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, maqbul muddatlarda o`tkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirilishi kabi prinsiplariga zid varishda:

- davlat xaridlarini rejalashtirish;

- xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;

- shartnomani tuzish va bajarish bosqichlariga amal qilinmagan holda 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oyida o`tkazilgan Yangi yil bayrami uchun noqonuniy tarzda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 27 mart kuni “Archa o`yinchoqlari” xarid qilish yuzasidan davlat xaridi o`tkazilgan.

Mazkur holatlar bo`yicha 2023 yil 31 mart kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to`g`risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora ko`rish uchun to`plangan hujjatlar Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga yuborildi.

"Koson tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yil 4 aprel kuni Xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi" deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar