AsosiyJamiyat

Bugun havo harorati 16-21 daraja bo`ladi

'Bugun havo harorati 16-21 daraja bo`ladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Toshkent viloyatining va Farg`ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim hududlarida do`l yog`ishi mumkin. Respublika shimolida va janubida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-21° bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Baland tog`larda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar