AsosiyJamiyat

1 maydan fuqarolar go`sht, tuxum va yog` sotib olishda 12% chegirma olishlari mumkin

'1 maydan fuqarolar go`sht, tuxum va yog` sotib olishda 12% chegirma olishlari mumkin'ning rasmi

1 maydan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan O`zbekiston fuqarolari bir qator iste`mol tovarlarini xarid qilishda QQS to`lovini qaytarib olishlari mumkin bo`ladi. Bu prezidentning 5 apreldagi qarorida ko`zda tutilgan.

«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan jismoniy shaxslar quyidagi ro`yxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo ob`ektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to`lov o`rniga, xarid summasida to`langan QQS summasi qaytariladi.

Soliq qo`mitasining tushuntirishicha, QQSni qaytarib olish uchun «Ijtimoiy himoya yagona reestri»dagi iste`molchi Soliq mobil ilovasini yuklab olib, Face ID orqali ro`yxatdan o`tishi hamda ilovada xarid chekining QR-kodini skaner qilishi lozim.

QQSni qaytarishda sotib olingan mahsulotning:

  • QQS qaytariladigan mahsulotlar ro`yxatiga kirganligi;
  • xaridor «Ijtimoiy himoya yagona reestri» da ekanligi;
  • tadbirkor QQS to`lovchi sifatida ro`yxatdan o`tganligi inobatga olinadi.

Agar reestrdagi iste`molchi QQS qaytariladigan mahsulotlar bilan birga boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib chekni ro`yxatdan o`tkazganda QQS qaytariladigan mahsulotlar uchun 12%, boshqa turdagi mahsulotlar uchun 1% keshbekka ega bo`ladi.

QQS to`lovchisi bo`lmagan tadbirkorlik sub`ektidan QQS qaytariladigan mahsulotlar sotib olganda, 1% keshbek qaytariladi.

QQS summasi chek ro`yxatdan o`tkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan so`ng Soliq mobil ilovasi orqali to`lab beriladi.

    Boshqa yangiliklar