AsosiyJamiyat

⚡️ Yana bir inson "operasiya" vaqtida vafot etganmidi? Farhod Mannapovning o`limi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'⚡️ Yana bir inson "operasiya" vaqtida vafot etganmidi? Farhod Mannapovning o`limi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannapovning o`limi bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, tergov davomida jarrohlik amaliyotini o`tkazgan klinika shifokorlari, anesteziolog hamda marhumning tanishlari, shuningdek, jami 15 nafar shaxs guvoh tariqasida so`roq qilingan.  

Shu bilan birga, jinoyat ishi bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligiga tayinlangan xizmat tekshiruvi xulosasi olinib, jinoyat ishi hujjatlariga qo`shilgan.  

Bundan tashqari, jinoyat ishi doirasida murakkab ekspertizalarni o`tkazish jarayoni ketmoqda.  

Dastlab olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida 2013 yilda ushbu klinikada yana bir shaxs jarrohlik amaliyoti vaqtida vafot etganligi haqida ko`rsatma olingan.  

Biroq, tergov davomida ushbu vaj o`z tasdig`ini topmaganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi «a» bandidan 116-moddasi 3-qismiga qayta malakalangan.  

Barcha zarur tergov harakatlari o`tkazilganidan so`ng ish bo`yicha qonuniy to`xtamga kelinadi.

 

    Boshqa yangiliklar