“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023 yil birinchi mavsumi yakunlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Jori yilning 18 mart soat 10:00 dan 7 aprel soat 10:00 ga qadar davom etgan jarayonda mamlakatimiz bo`ylab “OpenBudjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berilgan.
️Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko`ra, 1666 ta loyiha g`olib deb topilgan.
"Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bo`lishingizni so`rab qolamiz", - deyiladi vazirlik xabarida.
G`olib bo`lgan loyihalar bilan ushbu havola (https://openbudget.uz/boards-list/1?stage=3&page=1) tanishishingiz mumkin.






