Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchinchi tashabbus doirasida Sirdaryoda eng ilg`or agrotexnologiyalar joriy qilinadi.
Xususan, viloyat hokimiga qishloq xo`jaligida ilm va innovasiya joriy qilish bo`yicha Xitoydan 2 nafar maslahatchi olib kelinadi. Sirdaryoda irrigasiya va meliorasiya tizimlarini modernizasiya qilishga xitoylik investorlar jalb qilinadi.
Shuningdek, Xitoy tajribasi yordamida qoramol va parrandachilik ekokomplekslari tashkil qilinadi, sho`r va suvsizlikka chidamli makkajo`xori, sorgo, beda kabi ozuqaga boy ekin navlari ekiladi, intensiv anor, qovun, pekan yong`og`i va baliqchilik plantasiyalari tashkil qilinadi, meva-sabzavotni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnoparki tashkil etiladi.
Sho`r va suvsizlikka chidamli ekin turlari, chorvachilik nasllarini yaratish bo`yicha Xitoyning bu yo`nalishdagi etakchi oliygohlari bilan hamkorlik yo`lga qo`yiladi. Ularning filiallari tashkil qilinib, qishloq va suv xo`jaligi uchun kadrlar tayyorlanishi hamda er o`zlashtirish, cho`llanish, irrigasiya va ekologiya yo`nalishida ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi ma`lum qilindi.






