Oliy Majlis Senati raisi “Ma`muriy jarimalarni to`lashda aholiga qo`shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 332-1-moddasiga o`zgartish kiritish haqida”gi Qonun yuzasidan fikrlarini bildirdi.
"Jarimalar huquqbuzarliklarni kamaytirish maqsadida joriy etiladi. Inson o`zi javobgarligini tan olib, o`z ixtiyori bilan jarimalarni tezda to`layman desa, shu qonunimiz bilan ularga engillik beriladi" , - deydi Tanzila Narbaeva.






