AsosiyJamiyat

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta`limga qabul qilish tartibi belgilandi

'Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta`limga qabul qilish tartibi belgilandi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta`lim va oliy ta`limdan keyingi ta`limga qabul qilish va o`qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga ko`ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga, magistraturasiga va oliy ta`limdan keyingi ta`limga qabul qilish va o`qitishni tashkil etish tartibi to`g`risida nizomlar tasdiqlandi. 

 Akademiyada o`qishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat ta`lim yo`nalishi (ta`lim olish muddati 3 yil) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha tashkil etiladi.

 Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abiturientlarning muayyan toifalariga boshqa OTMga kirish uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

 O`qitish davlat grantlari va to`lov-kontrakt asosida tashkil etiladi. 

 “Tergov faoliyati” bo`yicha bakalavriat bosqichiga nomzodlarni tanlash va o`qishga qabul qilish uchun tanlov qabul yilining 1 fevraligacha  (istisno tariqasida, 2023/2024 o`quv yili uchun – 2023 yil 15 aprelgacha) e`lon qilinadi. 

Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul “Tergov faoliyati” mutaxassisligi va boshqa mutaxassisliklar bo`yicha amalga oshiriladi. 

O`qish muddati, kunduzgi va kechki ta`lim shaklida – 1 yil, sirtqi va masofaviy ta`lim shaklida – 1,5 yildan 2 yilgacha etib belgilanadi.

 O`qishga kirish uchun hujjatlar har yili: 

-“tergov faoliyati” mutaxassisligi bo`yicha – 10 maydan 10 iyungacha; 
-boshqa mutaxassisliklar bo`yicha – 10 iyundan 31 iyulgacha qabul qilinadi.

 “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo`yicha magistraturaning kunduzgi shakliga o`qishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek boshqa mutaxassisliklar bo`yicha tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida magistraturaning kunduzgi shakliga o`qishga qabul qilingan ichki nomzodlar bepul o`qitiladi. 

Bundan tashqari, Akademiyada oliy ta`limdan keyingi ta`lim tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllarida tashkil etiladi.

 O`zbekiston fuqarolarini oliy ta`limdan keyingi ta`lim institutiga qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

-bepul tayanch doktorantura va doktorantura shaklida o`qitish;
-bepul va to`lov-kontrakt asosida mustaqil tadqiqotchilik shaklida o`qitish.

 Hujjatlar Akademiya tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar