Ertaga, 8 aprel kuni Toshkent shahrida 20-motomavsum ochilishi o`tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtda motosayyohlarning tantanali yurishi bo`lib o`tishi munosabati bilan bir necha ko`chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi.
Ular quyidagilar:
—Cho`pon ota ko`chasi yaqinidagi avtoturargohdan Ettiterak ko`chasi bo`ylab O`zbekiston shohko`chasi bilan kesishmasigacha;
—Ettiterak ko`chasining O`zbekiston shohko`chasi bilan kesishmasidan shohko`chaning Buxoro ko`chasi kesishmasigacha (Kosmonavtlar metro bekati);
—Buxoro ko`chasi Kosmonavtlar metro bekatidan Alisher Navoiy ko`chasi bilan kesishmasigacha;
—Alisher Navoiy ko`chasi Buxora ko`chasidan Furqat ko`chasi bilan kesishmasigacha;
—Furqat ko`chasi Alisher Navoiy ko`chasidan Bunyodkor shohko`chasi bilan kesishmasigacha;
—Furqat ko`chasining Bunyodkor shohko`chasi bilan kesishmasidan "Milliy" stadionining asosiy kirish qismi oldidagi maydonchagacha.






